Yengil vazn toifasida amaldagi Bellator chempioni Usmon Nurmagomedov navbatdagi titul himoyasini qachon o’tkazishni rejalashtirayotganini aytdi.
Eslatib o’tamiz, 8-sentyabr kuni Nurmagomedov Aleksandr Shabliyga qarshi oktagonga ko’tarildi va hakamlarning yakdil qarori bilan g’alaba qozondi.
“Men Dubayda jang qilmoqchiman. Yanvar oyida u yerda Bellator turniri bo’lib o’tayotganga o’xshaydi. Bu men uchun ajoyib vaqt, men uzoq jangsiz qolishni xohlamayman.
Men har 3-4 oyda jang qilmoqchiman. Men endigina 26 yoshdaman, men hali ham janglarga juda chanqoqman”, – deydi Usmon.
Ma’lumot uchun, Usmon Nurmagomedov professional faoliyati davomida 18 ta jangda ishtirok etgan va ularning barchasida g’alaba qozongan.