O’zbekistonlik sobiq UFC jangchisi Saidyoqub Qaxramonov yaqinda UFC bilan xayrlashgan Muhammad Mokayev bilan jang qilmoqchi ekanligini aytdi.

“Karate Combat uni o’z safiga qo’shib, men bilan jang tashkil qilishi kerak. Ha aytgancha, klubga xush kelibsan bolakay”, – deya izoh qoldirdi Qaxramonov o’zining X sahifasida.
Eslatib o’tamiz, UFC Saidyoqub Qaxramonov bilan ham uning jang uslubi yoqmagani sabab xayrlashgandi.