Yengil vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Islam Maxachev Chendler – Oliveyra janggi g’olibi bilan oktagonga ko’tarilishi mumkin.
“Chendler va Oliveyra o’rtasidagi jangni tomosha qilish juda qiziqarli.
Ajoyib g’alabaga erishing, shunda chempion keyingi safar sizga imkoniyat berishi mumkin”, – deb yozdi Maxachev o’zining X sahifasida.
Eslatib o’tamiz, Charlz Oliveyra va Maykl Chandler o’rtasida jang 17-noyabrga o’tar kechasi UFC 309 turnirida bo’lib o’tadi.