“Manchester Yunayted” vingeri Antoni faoliyatini “Nyukasl”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Caught Offside xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “qizil iblislar” qishki transferlar oynasida braziliyalik futbolchini 40 ming funtga sotishga tayyor.
Ta’kidlanishicha, “Nyukasl” bosh murabbiyi Eddi Xou Antonining mahoratini yuqori baholaydi va u jamoaga foyda keltirishiga ishonmoqda.
Eslatib o’tamiz, Antoni 2022-yilning yozidan beri “Manchester Yunayted” safida o’ynab kelmoqda. Futbolchi klub safida jami 83 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, vingerning mankunianliklar bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroga baholanmoqda.