“Manchester Siti” klubi himoyachisi Joau Kanselu faoliyatini tez orada Saudiyada davom ettirishi mumkin.
City Report xabariga ko’ra, “Manchester Siti” va “Al-Hilol” 30 yoshli portugaliyalik futbolchining transferi borasida kelishuvga erishgan.
Manbaga ko’ra, transfer narxi kamida 35 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o’tamiz, Kanselu o’tgan mavsumni ijara asosida “Barselona”da o’tkazdi. Kataloniyaliklar safida jami 42 ta o’yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.