Angliya Premyer-ligasining 24-turida “Arsenal” – “Manchester Siti” o’yini bo’lib o’tdi. Uchrashuv “kanonirlar”ning 5:1 hisobidagi yirik g’alabasi bilan yakunlandi.
Shu tariqa, “shaharliklar” joriy mavsumda 4 ta o’yinda 4+gol o’tkazib yubordi.
Eslatib o’tamiz, “Man. Siti” mavsum boshida PSJ (2:4), “Tottenhem” (0:4) va “Sporting”ga (1:4) yirik hisobda mag’lub bo’lgandi.
Ma’lumot uchun, bunday holat Gvardiolaning murabbiylik faoliyatida birinchi bor sodir bo’lmoqda. Bungacha ispaniyalik mutaxassis “Barselona” va “Bavariya” klublarida ish yuritgan.