Ispaniya Kubogi yarim final bosqichiga qur’a tashlandi. Natijada quyidagi juftliklar shakllandi:
“Barselona” – “Atletiko Madrid”
“Real Sosedad” – “Real Madrid”
Shu tariqa, “El-Klasiko” finalda bo’lib o’tishi mumkin. Ispaniya Kubogi yarim finalining dastlabki o’yinlari 25 va 26-fevral kunlari, javob bahslari esa 1 va 2-aprel kunlari o’tkaziladi.
Eslatib o’tamiz, chorak finalda “Atletiko” “Xetafe”ni 5:0, “Real” “Leganes”ni 3:2, “Barselona” “Valensiya”ni 5:0, “Real Sosedad” “Osasuna”ni 2:0 hisobida mag’lub etgandi.