Og’ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu yarim og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Aleks Pereyra haqida fikr bildirdi.
“Aleks juda baquvvat yigit. Uning mushtlari og’ir. Agar siz unga raqib bo’lsangiz, sizni yaxshi narsa kutmaydi.
U oktagonda vahshiyga aylanadi. U faqat oldinga intiladi”, – deydi Ngannu.
Eslatib o’tamiz, Aleks Pereyra o’zining navbatdagi janggini 7-oktyabr kuni UFC 307 turnirida Xalil Rauntriga qarshi o’tkazadi.