Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor MakGregor Irlandiya prezidentligiga da’vo qilmoqda va agar bu amalga oshsa, Irlandiya xalqi uchun foydali bo’lishini ta’kidlamoqda.
“Prezident sifatida men Dailni (Irlandiya parlamenti quyi palatasi) chaqirish va uni tarqatib yuborish vakolatiga ega bo’lardim. Hokimiyat lavozimidagi bu charlatanlar Irlandiya xalqi oldida javob berishi kerak.
Irlandiyaga faqat xalqi manfaati uchun ishlaydigan prezident kerak. Va bu menman. Men yagona mantiqiy davogarman. 2025-yilga oz qoldi”, – deydi MakGregor.
Eslatib o’tamiz, Konor o’zining so’nggi janggini UFC 294 turnirida Dastin Poryega qarshi o’tkazgan va birinchi raund yakunida dahshatli jarohat olgan. Shundan so’ng u bironta jangda ishtirok etmagan.