“Manchester Yunayted” bosh murabbiyi Erik ten Xag iste’foga chiqishi mumkin. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, ten Xagning o’yin uslubi klub rahbariyatini haligacha hayratda qoldira olgani yo’q. Agarda mavsum shu yo’sinda davom etadigan bo’lsa, murabbiyning iste’fosini ko’rishimiz mumkin.
Qayd etilishicha, rahbariyat jarohatlar tufayli jamoa zaiflashganini va yangi kelganlarni birlashtirish uchun ten Xagga vaqt kerakligini tushunadi, biroq uning jamoani qanday qurayotgani haqida ham jiddiy xavotirlar bor.
Ma’lumot uchun, “Manchester Yunayted” hozirda APL turnir jadvalida 14-o’rinda bormoqda. Mavsum boshidan beri jamoa bir bor g’alabaga erishdi va ikki bor mag’lubiyat alamini totib ko’rdi.