8-mart kuni Las-Vegasdagi T-Mobile Arena majmuasida UFC 313 turniri tashkil etiladi.
Unga ko’ra, musobaqaning asosiy janggida yarim og’ir vazn toifasi chempioni Aleks Pereyra birinchi raqamli davogar Magomed Ankalayevga qarshi oktagonga ko’tariladi.
Ma’lumot uchun, bu Pereyra uchun beshinchi himoya janggi bo’ladi. Uning hisobida 12 ta g’alaba va 2 ta mag’lubiyat mavjud.
Magomed Ankalayev esa hozirga qadar 22 ta jang o’tkazib, 20 ta g’alaba, bitta mag’lubiyat va bitta durang qayd etgan.
