Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Jastin Getji Islam Maxachev bilan jang qilish istagini bildirdi va Xabib Nurmagomedov bilan janggini esladi.
Eslatib o’tamiz, Xabib 2020-yilning oktyabr oyida tashkil etilgan UFC 254 turnirida Jastin Getjini mag’lub etib, chempionlik kamarini himoya qilgandi va shundan so’ng faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgandi.
“Men Maxachev bilan jang qilmoqchiman, u chempion. Menimcha, u Xabibdan ko’ra qulayroq raqib.
Xabibga kelsak, agar o’sha kechada men yaxshiroq jang qilgan bo’lsam ham, uni mag’lub eta olardimmi, bilmayman. O’sha kuni men faoliyatimdagi eng qiyin raqibga to’qnash kelganman”, – deydi Getji.
Ma’lumot uchun, Jastin Getji o’zining navbatdagi janggini 8-mart kuni bo’lib o’tadigan UFC 313 turnirida Den Xukerga qarshi o’tkazadi.