Britaniyalik promouter Eddi Xirn ikki vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue (28-0, 25 KO) navbatdagi janggini hamyurtimiz Murodjon Ahmadaliyevga (12-1, 9 KO) qarshi o’tkazishini aytdi.
“Ahmadaliyev Inoue uchun yagona raqib va bu munosib jang. WBA ushbu jangga ruxsat berdi. Vaqti keldi”, – deb yozadi Xirn o’zining X sahifasida.
Ma’lumot uchun, Murodjon Ahmadaliyev 2018-yilda professional boksda debyut qilgan. Vakilimiz yagona mag’lubiyatni filippinlik bokschi Marlon Tapalesdan qabul qilib olgan.