Shimoliy Koreya terma jamoasi bosh murabbiyi Sin Yong Nam O’zbekistonga qarshi o’yin oldidan o’z fikrlarini bildirib o’tdi.
“Yetarlicha tayyorgarlik ko‘rdik deb o‘ylayman. Bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarini ham o‘tkazdik. Ertangi uchrashuv qanchalik tayyor ekanligimizni ko‘rsatib beradi.
Guruhda kuchli terma jamoalar yig‘ilgan. Biz eng yaxshi o‘yinimizni ko‘rsatishga harakat qilamiz. O‘zbekiston terma jamoasining Osiyo Kubogidagi ishtiroki videolarini tahlil qildik. Bor e’tiborimiz ertangi o‘yinga qaratilgan.
Uy o‘yinlarimizni neytral maydonlarda o‘tkazish hech qanday ustunlik bermaydi. Har bir o‘yinga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz”, – deydi Yong Nam.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi JCH-2026 saralashidan o‘rin olgan uchrashuv 5-sentyabr kuni 19:00 da start oladi.