“Milan” qishki transferlar oynasining yakunida “Chelsi”dan Joau Feliksni ijaraga oldi.
Jurnalist Luis Roxoning xabariga ko’ra, “Milan” dastlab “Barselona” hujumchisi Ferran Torresni o’z safiga qo’shib olmoqchi bo’lgan.
Biroq kataloniyaliklar “rossonerilar” bilan muzokaralarga kirishmagan. Shu sababdan italyanlar bor e’tiborini Joau Feliksga qaratgan.
Ma’lumot uchun, Torres joriy mavsum barcha turnirlarda 24 ta o’yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 28 million yevroga baholanmoqda.