Samarqand yana bir nufuzli musobaqaga mezbonlik qiladi. 10-14-oktyabr kunlari koʻhna shaharda akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionati boʻlib oʻtadi.
Bellashuvlarda qit’amizning eng kuchli eshkak eshuvchilari ishtirok etadi. Ayni paytda Oʻzbekiston terma jamoasi a’zolari mazkur musobaqaga qizgʻin hozirlik koʻrishmoqda.