PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike va klubning ayrim futbolchilari o’rtasida kiyim almashtirish xonasida keskinlik yuzaga kelgan. Bu haqda RMC Sport xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, parijliklarning bir qancha futbolchilari bosh murabbiyning o’yinlar uchun asosiy tarkibni tanlashini tushunmayapti va uning ba’zi qarorlarini adolatsiz deb hisoblashmoqda. Biroq norozi bo’lgan futbolchilarning ismlari noma’lum.
Ma’lumot uchun, PSJ ayni dam Liga 1 turnir jadvalida 13-turdan so’ng 33 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. YChL’da esa 25-o’rinda bormoqda.
