Italiya A Seriyasida beshinchi tur o’yinlari bo’lib o’tdi.
Ushbu tur doirasida “Empoli” “Kalyari” mehmoni bo’ldi va 2:0 hisobida g’alaba qozondi. Klub hali chempionat doirasida mag’lub bo’lmadi.
Beshta turdan so’ng “Empoli” 2 ta g’alaba va 3 ta durang qayd etdi. Bu esa klub tarixidagi eng yaxshi natijadir.
Ma’lumot uchun, “Empoli” A Seriyaning navbatdagi turida o’z maydonida “Fiorentina”ni qabul qiladi. Hozirda klub turnir jadvalida 5-o’rinni egallab turibdi.