Opta superkompyuteri Chempionlar Ligasida ishtirok etayotgan jamoalarning g’alaba qozonish imkoniyatlarini baholab chiqdi.
Unga ko’ra, “Barselona” turnir chempionligiga asosiy da’vogar sifatida ko’rilmoqda. Kataloniyaliklarning g’olib bo’lish ehtimoli 23,1 foizni tashkil qilmoqda.
Shuningdek, ispan grandi ortida PSJ (19,3 foiz), “Arsenal” (15,6 foiz) va “Inter” (13,8 foiz) kabi klublar kelmoqda. “Real” esa 12,2 foiz bilan kuchli beshlikni yakunlab turibdi.
Eslatib o’tamiz, UEFA Chempionlar Ligasi chorak final bosqichidan o’rin olgan dastlabki bahslar 8-9-aprel kunlari bo’lib o’tadi.