Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoa hujumchisi Kilian Mbappening o’yin darajasini yuqori baholadi.
“Mening fikrimcha, Kilian juda yaxshi o’ynayapti. U gol urmaydi, lekin juda xavfli. U jamoaga moslashishda muammolarga duch kelgani yo’q.
Himoya? Bu ko’proq jamoaviy bo’lishi kerak, ammo hujumchilar bu ishda kamroq ishtirok etadi”, – deydi Anchelotti.
Eslatib o’tamiz, Mbappe shu yozda madridliklar safiga kelib qo’shildi. U yangi klubida safida jami 4 ta o’yinda maydonga tushib, bitta golga mualliflik qildi. Uning “qaymoqranglilar” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilga qadar amal qiladi.