Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachi Ueston Makkenni bilan shartnomani uzaytirganini e’lon qildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, turinliklar 25 yoshli futbolchi bilan 2026-yilning yoziga qadar mo’ljallangan yangi shartnoma imzolagan.
Ma’lumot uchun, amerikalik futbolchi 2020-yildan buyon “Yuventus” safida o’ynab kelmoqda.