JCh-2026 saralash bosqichi doirasida O’zbekiston milliy terma jamoasi safarda Eron mehmoni bo’ldi va yakunda 2:2 hisobida durangga imzo chekdi.
Uchrashuvning 16-daqiqasida Hojimat Erkinov hisobni ochdi. Ikkinchi taym boshida, ya’ni 52-daqiqada Taremi hisobni tenglashtirdi.
53-daqiqada Abbos Fayzullayev jarima to‘pidan gol urib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. 83-daqiqada Taremi yana bir bor O‘zbekiston darvozasini ishg‘ol qildi va hisob 2:2 ko‘rinishini oldi.
O‘yin davomida O‘zbekiston darvozaboni O‘tkir Yusupov bir qancha seyvlar namoyish etdi. O‘yin yakuniga qadar hisob boshqa o‘zgarmadi va bahs jangovar durang bilan yakunlandi.
Ma’lumot uchun, 8-turdan keyin Eron muddatidan avval mundial yo‘llanmasini naqd qildi, O‘zbekiston esa ochkolari sonini 17 taga yetkazib, 2-o‘ringa joylashdi va hamon JCh’ga chiqish uchun yaxshi imkoniyatni saqlab qoldi.