Og’ir vazn toifasida vaqtinchalik UFC chempioni Tom Aspinall divizionning amaldagi chempioni Jon Jonsga javob qaytardi.
Avvalroq Jons Aspinall chempionlik janglaridagi g’alabalar bo’yicha u bilan hech qachon taqqoslanmasligini aytgandi.
“Jons haq. U mendan ko’ra ko’proq titul janglarida g’alaba qozongan… Biroq doping bilan”, – deb yozdi Aspinall o’zining X sahifasida.
Ma’lumot uchun, Aspinall o’zining so’nggi janggini UFC 304 turniri doirasida Kertis Bleydsga qarshi o’tkazib, birinchi raunddayoq nokaut evaziga g’alaba qozongandi.