Londonning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Niklas Bendtner Nyu-Yorkda qurolli hujumga uchradi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, Daniya terma jamoasi sobiq futbolchisi hamrohi bilan shahar bo’ylab aylanib yurganida unga pichoq bilan qurollangan shaxs hujum qilgan.
Natijada Bendtnerning sherigi yuzi va qulog’idan jarohat olib, kasalxonaga yotqizilgan. Jinoyatchi esa hibsga olingan.
Ma’lumot uchun, Bendtner 2020-yilning yanvar oyida professional futbolchilik faoliyatini yakunlagan. Uning so’nggi klubi Daniyaning “Kopengagen” klubi edi.