“Brayton” klubi yarim himoyachisi Billi Gilmur “Napoli”ga o’tishga yaqin turibdi. Bu haqda Janluka Di Marsio xabar berdi.
Manbaga ko’ra, tomonlar transfer borasida o’zaro kelishuvga erishgan. Bitim narxi 14 million yevroni tashkil qiladi.
Qayd etilishicha, Gilmur Angliyada tibbiy ko’rikdan o’tadi. Chunki u transfer oynasi yopilgunga qadar Italiyaga kelishga ulgurmaydi.
Ma’lumot uchun, Billi o’tgan mavsum APLda 30 ta o’yin o’tkazib, bitta golga assistentlik qilgan. Uning Transfermarkt’dagi narxi 18 million yevroga baholanmoqda.