Madridning “Real” klubi darvozaboni Tibo Kurtua yaqinda jamoaga kelib qo’shilgan Kilian Mbappe haqida gapirdi.
“Mbappe dunyoning eng kuchli o’yinchilaridan biri va u sizga qarshi o’ynagandan ko’ra, siz bilan bitta jamoada o’ynagani yaxshiroq.
Ishonchim komilki, bu ajoyib mavsum bo’ladi. U o’zini ko’rsatadi, ko’plab gollar uradi va bizga chempionlikni qo’lga kiritishda yordam beradi”, – deydi madridliklar darvozaboni.
