Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Luka Modrich faoliyatini “Vilyareal”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Defense Central xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, xorvatiyalik futbolchi hali kelajagi borasida yakuniy qarorga kelmagan. U “Real”da qolishni xohlamoqda, biroq tomonlar hanuzgacha yangi shartnoma borasida kelishib olmagan.
Qayd etilishicha, Modrichning Madriddagi kelajagiga shubha bilan qarshi uni jamoani o’zgartirishga undashi mumkin. Shu bois, “Vilyareal” futbolchining atrofidagi vaziyatni o’rganib chiqmoqda.
Ma’lumot uchun, Modrich “Real” safida jami 579 ta o’yinda maydonga tushib, 43 ta gol urdi va 93 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 5 million yevroga baholanmoqda.