Eronlik tennischi Parsa Mansur Isroilning Eronga qilgan hujumlaridan birida vafot etdi. Bu haqda mamlakat tennis federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Manbaga ko’ra, 13-iyun, juma kuni tongda Isroil Tehron va yana bir qancha shaharlarga hujum uyushtirganidan so’ng bir necha harbiy qo’mondon, olimlar va tinch aholi halok bo’lgan.
Ushbu hujumlarda halok bo’lganlar orasida Parsa Mansur ham bor. U mashg’ulotdan so’ng uyiga qaytayotgan bo’lgan.
“Tennis federatsiyasi ushbu qayg’uli voqeadan so’ng taassuf izhor qiladi va marhumning oila a’zolariga sabr tilaydi”, – deyiladi tashkilot bayonotida.