Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Federiko Kyeza faoliyatini “Liverpul”da davom ettiradi. Klub transferni rasman e’lon qildi.

Qayd etilishicha, tomonlar o’rtasida 4 yilga mo’ljallangan shartnoma imzolagan. Kyeza mersisaydliklar safida yiliga 5 million yevro maosh oladi.
Ma’lumot uchun, Kyeza joriy mavsum A Seriyada bironta o’yinda ham maydonga tushmadi. Forvard Yevro-2024da Italiya terma jamoasi safida to’rtta o’yinda maydonga tushgan.