Yengil vazn toifasida UFC jangchisi Den Xuker Konor MakGregorga qarshi jang qilish istagini bildirdi.
Yangi Zelandiyalik jangchining fikricha, u bilan jang MakGregor uchun Maykl Chendlerga qarshi jangdan ko’ra foydaliroq bo’ladi.
“Sen uch jangdan iborat g’alabali seriyaga ega kuchli beshlikdagi yigit bilan jang qilishni xohlaysanmi yoki reytingga ega bo’lmagan va oxirgi janggida ham mag’lub bo’lgan Chendler bilan jang qilishnimi?
Men bilan jang qilish Konor uchun foydaliroq. Mening navbatdagi janggim yengil vazn toifasida davogarlik huquqi uchun bo’ladi. Agar MakGregor yuqoriga qaytishni istasa, u holda men bilan jang qilgani ma’qul”, – deydi Xuker.