“Manchester Siti” va “Al-Hilol” Portugaliya terma jamoasi himoyachisi Joau Kanselu transferi bo’yicha og’zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda Fabritsio Romano xabar berdi.
Manbaga ko’ra, bitim narxi 25 million yevroni tashkil qiladi. Saudiyaliklar 30 yoshli futbolchiga har bir mavsum uchun 15 million yevro maosh taklif qilgan. Kanselu esa hali bir qarorga kelmagan.
Ma’lumot uchun, futbolchining “Manchester Siti” bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yozida yakuniga yetadi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.