Futzal bo’yicha 2024-yilgi Jahon chempionati uchun foydalaniladigan rasmiy to’p e’lon qilindi. Bu haqda O’FA matbuot xizmati xabar berdi.
“FIFA futzal boʻyicha Jahon chempionati-2024 rasmiy toʻpini ommaga tanishtirdi. “Orzu” deya nomlangan ushbu toʻp yurtimizdagi har bir sport ishqibozi, har bir sportchining xalqaro turnirga mezbonlik qilish orzusining timsoli hisoblanadi.
Zamonaviy chiziqlar va an’anaviy sharqona naqshlarni oʻzida mujassam etgan, chempionat oʻtkaziladigan yurtimizning madaniy va tarixiy qadriyatlarini aks ettiradigan ushbu yorqin toʻp 14-sentyabr kuni rasman maydonga chiqadi!”, – deyiladi xabarda.