Moskvaning SSKA klubi futbolchisi Abbosbek Fayzullayev “armiyachilar” bosh murabbiy Marko Nikolich haqida gapirdi.
Hamyurtimizning fikricha, serbiyalik mutaxassis taktik jihatdan juda bilimdon va futbolchilar bilan yaxshi aloqa o’rnata oladi.
“Juda jiddiy murabbiy, taktik jihatdan juda yaxshi. Do’stona, doimo futbolchilar bilan aloqada bo’ladi, hamma narsani batafsil tushuntiradi.
Mashg’ulotlar juda qiziqarli o’tadi, shuningdek, ish intensivligi ham yuqori. Menimcha, mashg’ulotlarda buning ustida ishlayotganimiz o’yinlarimizdan ko’rinib turibdi”, – deydi Fayzullayev.
Ma’lumot uchun, SSKA RPL’da 6-turdan so’ng 10 ochko jamg’argan holda, 6-o’rinda bormoqda.