Braziliyalik hujumchi Neymar shu yozda o’zini “Barselona”ga taklif qildi. Bu haqda Jerar Romero xabar berdi.
Manbaga ko’ra, avgust oyida Neymar o’z xizmatlarini kataloniyaliklarga taklif qilgan. Biroq bosh murabbiy Xans-Diter Flik ushbu taflikni rad etgan.
Qayd etilishicha, Niko Uilyams transferi barbod bo’lganidan so’ng “Barselona” bor e’tiborini Federiko Kyeza qaratgan. Shuningdek, klub Rafael Leao variantini ham o’rganib chiqayotgani aytilgan.
Eslatib o’tamiz, Neymar 2013/2017-yillar davomida “Barselona” sharafini himoya qilgan va Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo’lga kiritgan.