Chempionlar Ligasi 1/8 finalining dastlabki o’yinida “Barselona” safarda “Benfika” mehmoni bo’ldi.
22-daqiqadayoq bir kishi kam bo’lib qolganiga qaramay kataloniyaliklar 1:0 hisobida g’alaba qozondi.
Shu tariqa, “Barselona” Chempionlar Ligasida 10 kishi bilan 69 daqiqadan ko’proq o’ynab, mehmonda g’alabaga erishgan ilk jamoaga aylandi.
Ma’lumot uchun, “Barselona” va “Benfika” o’rtasidagi javob o’yini 11-mart kuni bo’lib o’tadi.