“Real” va “Bavariya” klubi sobiq yarim himoyachisi Xames Rodriges Madridga qaytdi va tez orada “Rayo Valekano” bilan shartnoma imzolaydi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Rayo Valekano” Xamesni qo’lga kiritib, klubning yuz yillik yubileyiga o’z muxlislariga sovg’a qilmoqchi. Kolumbiyalik futbolchining o’zi ham ushbu transferga qarshi emas.
Eslatib o’tamiz, Rodriges o’tgan mavsumni Braziliyaning “San-Paulu” klubida o’tkazdi va avgust oyining boshida shartnomani bekor qildi.
Ma’lumot uchun, Xames 2024-yilgi Kopa Amerikaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Kolumbiya terma jamoasi bilan finalga qadar yetib keldi, biroq Argentinaga minimal hisobda imkoniyatni boy berdi.