“Lester” 32 yoshli hujumchi Jordan Ayyu transferini e’lon qildi. Ganalik futbolchi bilan 2 yilga mo’ljallangan shartnoma imzolandi.

“Lester” Ayyu transferi uchun “Kristal Pelas”ga 8 million funt to’lab bergan.
Ma’lumot uchun, forvard 2019-yilda “Kristal Pelas” futbolchisiga aylangandi. U barcha musobaqalarda 212 ta o’yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 22 ta golli uzatmani amalga oshirgan.