Birmingemning “Aston Villa” klubi “Atletiko”ning portugaliyalik vingeri Joau Feliks bilan shaxsiy shartnoma shartlari borasida kelishib oldi. Bu haqda “Topskilss Sports UK” nashri xabar berdi.
Manbaga ko’ra, ispan klubi Feliksning transferi uchun 40 million yevro talab qilmoqda. Qayd etilishicha, har ikki klub yaqin vaqt ichida shartnoma tuzish bo’yicha muzokaralarni davom ettiradi.
Avvalroq, “Aston Villa” bosh murabbiyi Unai Emeri shaxsan Feliksni jamoada ko’rishni istayotgani va unga hujumkor yarim himoyachi ro’lini taklif qilishga tayyor ekanligini ma’lum qilgandi.
Ma’lumot uchun, Feliks o’tgan mavsum klub va terma jamoa safida jami 54 ta o’yinda maydonga tushib, 13 ta gol va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Madrid klubi bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar amal qiladi.