Og’ir vazn toifasida amaldagi UFC chempioni Jon Jons MMA’dagi faoliyatini yakunladi. Bu haqda promoushen rahbari Dana Uayt xabar berdi.
Jon Jons professional faoliyati davomida 29 ta jang o’tkazib, ularning 28 tasida g’alaba qozongan, bir marta mag’lubiyatga uchragan.
Ma’lumot uchun, Jons o’zining so’nggi janggini 2024-yilning noyabr oyida Nyu-Yorkda tashkil etilgan UFC 309 turniri doirasida Stipe Miochichga qarshi o’tkazgan va 3-raundda texnik nokaut bilan g’alabaga erishgan.