Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martines jamoa Krishtianu Ronalduga bog’liq degan fikrga qo’shilmasligini aytdi.
“Jamoa Ronalduga bog’langanmi? Yo’q, unday emas. Ronaldu darvoza oldida juda qimmatli futbolchi.
Uning aql-zakovati muhim ro’l o’ynaydi. Lekin men Ronalduga bog’liqligimiz haqida gapirishni yoqtirmayman”, – deydi Martines.
Eslatib o’tamiz, kuni kecha Krishtianu Ronaldu rasmiy o’yinlardagi gollari sonini 901 taga yetkazib oldi.