20-22-avgust kunlari Malayziya poytaxti Kuala Lumpurdagi Osiyo futbol konfederatsiyasi bosh qarorgohida Professional futbol seminari bo‘lib o‘tdi.
3 kunlik seminarda OFKga a’zo mamlakatlar vakillari qatorida O‘zbekiston nomidan O‘zPFL Klublarni litsenziyalash va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Zoxirjon Akramxonov hamda ushbu bo‘lim yetakchi mutaxassisi Jalolxon Inog‘omxo‘jayev ishtirok etdi.
Qolaversa, qit’a va jahon futboli ekspertlari, shuningdek OFK Professional futbol qo‘mitasi raisi Park Ji Sung va mazkur qo‘mita a’zosi Diyor Imomxo‘jayev ham seminarga taklif etildi.