FIFA sentyabr oyi uchun milliy terma jamoalarning yangilangan reytingini e’lon qildi.
Unga ko’ra, O’zbekiston milliy terma jamoasi avvalgi o’rnidan bir pog’ona yuqorilab, 60-o’rindan joy oldi.

Shuningdek, termamiz Osiyoda 8-o’rinda qayd etilgan. Qit’amizda kuchli uchlikdan Yaponiya, Eron va Janubiy Koreya o’rin olgan.
Jahon reytingining eng yuqori pog’onasini amaldagi jahon chempioni Argentina band etgan. Keyingi o’rinlarda Fransiya hamda Ispaniya joylashgan.
Eslatib o’tamiz, O’zbekiston milliy terma jamoasi o’zining navbatdagi o’yinini 10-oktyabr kuni JCh-2026 saralashi doirasida Eronga qarshi o’tkazadi.