Argentina terma jamoasi va “Inter Mayami” klubi hujumchisi Lionel Messi “Barselona”ga qaytishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi.
“Men hech qachon kelajak haqida o’ylamaganman, men doim hozirgi kun bilan yashayman. Men shoshmayman. Har doim MLS’da o’ynashni xohlaganman.
Menga Mayamiga kelib, klubni rivojlantirishga yordam berishni taklif qilishdi va bu g’oya menga yoqdi. Bu oilam yaxshi yashashi mumkin bo’lgan shahar ekanligini bilardim. Men bundan afsuslanmayman”, – deydi Messi.
Eslatib o’tamiz, sakkiz karra “Oltin to’p” sohibi PSJ’dagi ikki yillik faoliyatidan so’ng 2023-yilning iyul oyida MLS klubiga erkin agent sifatida qo’shilgandi.