Kataloniyaning “Barselona” klubi “Yunentus” vingeri Federiko Kyezani o’z safiga qo’shib olmoqchi.
Janluka Di Marsioning xabariga ko’ra, kataloniyaliklar futbolchining agenti bilan muzokaralarni boshlagan. Agar Kyeza bilan kelishuv amalga oshsa, “Barselona” rahbariyati “Yuventus” bilan transfer shartlarini muhokama qilishni boshlaydi.
Avvalroq 26 yoshli vinger turinliklarning yangi bosh murabbiyi Tiago Mottaning rejalariga kirmasligi, shuning uchun u o’ziga boshqa jamoa topishi kerakligi aytilgandi.
Ma’lumot uchun, Kyeza o’tgan mavsum A Seriyada 33 ta o’yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.