Yaqindagina jarohatidan tuzalib, safga qaytgan Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi darvozaboni Ravshan Elibayev Fransiyaga qarshi o’rtoqlik uchrashuvida jarohat oldi. Bu haqda O’FA matbuot xizmati xabar berdi.
“Tekshiruv natijalari uning barmog’i singanini va bir qancha muddatga safdan chiqqanini ko’rsatdi.
Afsuski, futzalchimiz yaqinlashib kelayotgan FIFA Futzal Jahon chempionatini oʻtkazib yuborishi maʼlum boʻldi.
Ravshanning tezroq sogʻayishini tilab, uni qoʻllab-quvvatlashda davom etamiz”, – deyiladi xabarda.
Eslatib o’tamiz, avvalroq terma jamoamiz a’zosi Davron Choriyev ham jarohati sabab Jahon chempionatini o’tkazib yuborishi xabar qilingandi.