PSJ va “Manchester Yunayted” yarim himoyachi Manuel Ugarte transferi bo’yicha muzokaralarni tezlashtirdi. Bu haqda France Info xabar berdi.
Manbaga ko’ra, mankunianliklar 23 yoshli futbolchini to’liq sotib olishi kutilmoqda. Bu holatda PSJ hech qanday moliyaviy yo’qotishlarga uchramaydi. O’tgan yozda parijliklar urugvaylik futbolchini “Sporting”dan 60 million yevro evaziga xarid qilgandi.
Ma’lumot uchun, Ugarte o’tgan mavsum PSJ safida 37 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.