Madridning “Real” klubi hujumkor yarim himoyachisi Arda Guler o’zining jamoadagi holatidan norozi. Bu haqda Relevo xabar bermoqda.
Manbaga ko’ra, “Qirollik klubi” turkiyalik futbolchiga yetarlicha o’yin vaqti taqdim etmayapti. Bunga Guler mashg’ulotlarda ishonchsiz harakat qilayotgani sabab qilib ko’rsatilmoqda.
Ma’lumot uchun, Arda Guler joriy mavsum barcha turnirlarda 30 ta o’yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning Transfermarkt’dagi narxi 45 million yevroga baholanmoqda.