Yengil vazn toifasida UFC reytingining birinchi raqamli jangchisi Arman Sarukyan UFC 311 turnirida Islam Maxachevga qarshi revansh janggidan bosh tortgani tafsilotlari ma’lum bo’ldi.
“Chorshanba kuni men kechqurun mashq qildim va uxlashga yotayotganimda belim og’riyotganini his qildim, uxlay olmadim.
Bilmayman, tun bo’yi 30 daqiqa uxladim. Belimning pastki qismi juda og’ridi va ertalabki mashg’ulotlarga tura olmadim. Shundan so’ng kechgacha kutishga qaror qildik.
Matbuot anjumanida hammasi yaxshi edi, lekin vazn tashlash jarayoni boshlandi va velosipedda ishlayotganimda belim tiqilib qoldi.
Biz shifokorni chaqirdik va menga yordam berishini aytdik. Menda 2,7 kg ortiqcha vazn bor edi. Ertalab bu vazndan ham qutulmoqchi edim, lekin yana uxlay olmadim. Ertalab soat beshlarda esa qimirlay olmaganim uchun vaznni tashlash olmasligimni angladim”, – deydi Sarukyan.
Eslatib o’tamiz, UFC 311 turnirining asosiy janggida Islam Maxachev Arman Sarukyanga qarshi oktagonga ko’tarilishi kerak edi, biroq jarohat sabab Sarukyanning o’rnini braziliyalik Renato Moykano egalladi.