Avstraliyaning Pert shahrida UFC 305 turniri tashkil etildi. Asosiy jang Drikus dyu Plessi (21-2) va Israel Adesanya (24-3) o’rtasida o’rta vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun bo’lib o’tdi.
Jangni nazorat qilib borayotgan Adesanya to’rtinchi raundda biroz bo’shashdi va bundan unumli foydalangan Dyu Plessi uni parterga olib, sabmishen orqali mag’lub etdi. Shu tariqa Drikus chempionlik kamarini himoya qildi.
Turnirdagi boshqa natijalar:
Kay Kara-Frans (25-11) birinchi raunddayoq Stiv Ersegni (12-3) texnik nokautga uchratdi;
Den Xuker (24-12) Mateush Gamrotni (24-3) hakamlarning bo’lingan qarori evaziga mag’lub etdi;
Jairzino Rozenstruik (15-5) Tai Tuivasani (14-8) hakamlarning bo’lingan qarori evaziga mag’lub etdi;
Karlos Prates (20-6) ikkinchi raundda Li Jingliangni (19-9) nokautga uchratdi.