Myunxenning “Bavariya” klubi Leon Goretskani joriy transferlar oynasida sotishga qaror qilgan. Bu haqda Florian Plottenberg xabar berdi.
Manbaga ko’ra, Myunxen klubi 29 yoshli yarim himoyachiga bosim o’tkazmoqda va futbolchini jamoani tark etishga ko’ndirmoqchi.
Goretskaning o’zi esa jamoada qolib, tarkibdan joy olish uchun kurashmoqchi. U faqat qishda ketishi mumkinligini ma’lum qilgan.
Qayd etilishicha, futbolchi hozirgi vaziyatdan hafa bo’lgan, ammo jamoa mashg’ulotlarida ishtirok etmoqda.
“Bavariya” hali futbolchining narxini belgilamagan. Biroq klublar bilan muzokaralarga tayyorligini bildirgan.